Bugun Oliy Majlis Senati binosida ham barça istovçilar uçun Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etiş imkoniyati yaratildi.

Şuningdek, keluvçilar hamdardlik kitobida bitiklar qoldirişmoqda.

Uzreport xabariga köra, bugun erta tongdan diplomatik korpus vakillari, vazirliklar va idoralar, partiya hamda jamoatçilik taşkilotlari vakillari Senat binosiga taşrif buyurişni boşlaşdi.

Kun davomida Özbekiston fuqarolari ham davlat rahbarini xotirlab gullar bilan kelişmoqda.

«Nigohlarida qat'iyat, işonç va mehr balqib turgan Islom Karimovning suratiga qarab, şu zaminda yaşayotgan har bir inson buyuk Prezidentimiz amalga oşirgan ezgu işlar – xalqimiz uçun dunyoda heç kimdan kam bölmagan şaroitlar yaratilgani, qudratli davlatçiligimiz barpo etilgani, davlatimiz jahon hamjamiyatida özining munosib örniga ega bölganini yana bir bor his qilib, bularni köz qoraçiğidek asraş, boşlangan ezgu işlarni davom ettirişga mas'ul ekanini teran anglamoqda», — deyiladi xabarda.