Afğoniston poytaxti Kobul şahrida sodir etilgan navbatdagi teraktlar oqibatida 24 kişi halok böldi. Reuters xabariga köra, 90dan ortiq kişi jarohatlangan.

Aniqlik kiritilişiça, Mudofaa vazirligi binosi oldida portlaşlar sodir etilgan.

Guvohlarning aytişiça, avvaliga kuçsiz portlaş yuz bergan, bundan maqsad odamlarni köproq jalb etiş bölgan. Hodisa joyiga jabrlanuvçilarga yordam beriş uçun odam yiğilganida ikkinçi, kuçli portlaş röy bergan.

Hozirça heç qaysi taşkilot bu portlaşlar uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi.