LG Electronics Inc kompaniyasi robotlar işlab çiqarişga sarmoya kiritmoqçi ekanligini ma'lum qildi. Kompaniya sun'iy ong sohasidagi loyihalar ortidan daromad körişni möljallayapti. Bu loyihalar natijada odamning kundalik yumuşlarini bajara oladigan murakkab maşinalarning yaratilişiga olib kelişi mumkin.
Kompaniyaning maişiy texnika işlab çiqaruvçi bölimi muzlatgiç, kir yuviş maşinalari va konditsionerlar kabi avval işlab çiqarilgan mahsulotlar bilan yaqindan işlay oladigan qurilmalar işlab çiqaradi.
Kompaniya kiritiladigan sarmoya miqdori va robotlaştirilgan mahsulotlarning bozorga çiqiş muddatini ma'lum qilmadi.
Ayni vaqtda turli davlatlar yangi tarmoqni yaratiş yoki odamlarga oşpazlar, işçilar sifatida xizmat qilişi mumkin bölgan maşinalarni tatbiq qiliş yöli bilan tuğilişning past darajasi va aholining qarişi kabi ijtimoiy muammolarni yenga olişga intilib, robototexnikaga katta mablağlar kiritmoqda.
Avvalroq LG kompaniyasi Intel Atom protsessori, 2 gigabayt tezkor xotira, diagonali 29 dyuymli sensor displeyli hamda Windows 10 operatsion tizimi ostida işlovçi muzlatgiçni taqdim qilgandi. Bundan taşqari, muzlatgiçdagi virtual yordamçi Cortana bilan muloqot qiliş uçun ovoz dinamigi va mikrofon bor.












