1 sentabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida boşlangan 42-Butunjahon şaxmat Olimpiadasida Özbekiston ayollar va erkaklar terma jamoalari ham iştirok etmoqda.
17-jahon çempioni Rustam Qosimjonov boşçiligidagi Özbekiston erkaklar terma jamoasi Butunjahon şaxmat Olimpiadasining dastlabki ikki turida Bruney va Dominikan Respublikasi terma jamoalarini 4:0 hisobida mağlub etgandi.
4 sentabr kuni ötkazilgan 3-tur uçraşuvida Özbekiston vakillari Çexiya terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berişdi. Rustam Qosimjonov va Jahongir Vohidov mos ravişda David Navara hamda Viktor Laznikka yutqazdi. Anton Filippov va Marat Jumayev raqiblari bilan durangga imzo çekişdi.
Uşbu mağlubiyatdan söng Özbekiston terma jamoasi qöşimça körsatkiçlarga köra 62-öringa tuşib ketdi. Bugun terma jamoa şaxmatçilari Argentina vakillariga qarşi bahs olib boradi.
Özbekiston ayollar terma jamoasi ham 3-turda yutqazdi. Özbekistonlik şaxmatçilar birinçi turda Paragvay terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida ğalaba qozongandi. Ikkinçi turda esa Belgiya terma jamoasi şaxmatçilari 3:1 hisobida mağlub etilgan edi.
3-turda Rossiya terma jamoasi şaxmatçilariga qarşi dona surgan qizlar jamoasi kuçli raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Opa-singillar Nafisa Möminova va Gulruhbegim Toxirjonova mos ravişda Aleksandra Kostenyuk hamda Valentina Guninaga yutqazdi. Irina Gevorkyan va Sarvinoz Qurbonboyeva raqiblari bilan murosaga kelişdi.
Uşbu mağlubiyatdan söng terma jamoa qöşimça körsatkiçlarga köra 36-öringa pastladi. Bugun şaxmatçi qizlar Avstriya terma jamoasiga qarşi dona surişadi.












