Avtomobil yöllari qurilişi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş va şuning asosida Özbekiston milliy avtomagistralini, umumrespublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllarini istiqbolda rivojlantiriş loyihalarini amalga oşiriş talablari hamda vazifalarini hisobga olgan holda respublikaning loyiha, quriliş va yöldan foydalaniş taşkilotlarining yuqori malakali muhandis kadrlarga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil  26 avgustdagi PQ–2580 sonli qarori e'lon qilindi. Unga köra, Toşkent avtomobil yöllari institutini Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş instituti etib qayta taşkil qilindi.

Quyidagilar Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş institutining asosiy vazifalari etib belgilandi:

avtomobil yöllari hamda boşqa muhandislik yöl inşootlarini loyihalaştiriş va quriş, qurilişda yangi materiallar va texnologiyalarni tatbiq etiş, konstruksiyalar mustahkamligini va energiya samaradorligini oşiriş, materiallar hajmini kamaytiriş bilan boğliq bölgan, şuningdek, yer usti transport tizimlari logistikasi, ularni taşkil etiş hamda ulardan foydalaniş borasidagi yönalişlar böyiça ilğor jahon tajribasi va texnologiyalarini çuqur örganiş;
mahalliy materiallardan keng foydalaniş, yöl qurilişi hamda yöl-quriliş texnikasi va transport tizimlaridan foydalanişning zamonaviy texnologiyalarini joriy etişni hisobga olgan holda, avtomobil yöllari, tonnellar, köpriklar va yöl ötkazgiçlar puxta işlaşini ta'minlaşga yönaltirilgan amaliy ilmiy tadqiqotlar va işlanmalar olib borişga, tematik işlarni bajarişga talabalar va professor-öqituvçilarni keng jalb qiliş;
qöşma ta'lim dasturlari, ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etiş va ilmiy-ta'lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş maqsadida çet ellardagi yetakçi turdoş (ixtisoslaşgan) oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş.

Şuningdek yetakçi ta'lim va ilmiy markazlar, taşkilotlar va korxonalarning, şu jumladan xorijiy mamlakatlarning eng tajribali, yuqori malakali mutaxassislarini öquv jarayoniga şartnoma asosida jalb etilişi ta'kidlangan. 

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri Ş. Mirziyoyev zimmasiga yuklatildi.