Afğoniston poytaxtining mamlakat mudofaa vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan ikkita portlaşda qurbon bölganlarning soni 35 nafarga yetdi. Jarohatlanganlar soni 103 kişini taşkil etmoqda, deya xabar qilgan Reyter agentligi mudofaa vazirligi matbuot kotibi Muhammad Radmaneş bayonotiga asoslangan holda. 

Avvalroq, 30 kişining hayotdan köz yumgani haqida xabar qilingan edi. 

Eslatib ötamiz, 5 sentabr kuni Qobulda ikki nafar xudkuş terrorçi özini portlatib yuborgan edi. Terakt qurbonlari orasida yuqori lavozimli harbiy mulozimlar, xususan Afğoniston prezidenti qöriqlaş xizmati rahbarining örinbosari Zaman Ahmadzoy qurbon bölgan. Keyinroq, poytaxtda CARE gumanitar taşkilotini nişonga olgan uçinçi portlaşda bir kişi halok böldi.