Britaniyaning Oldberi şahrida istiqomat qiluvçi Mark Kronin özining oyoq protezini Lego konstruktorlaridan yasadi. Bu haqida The Mirror naşri ma'lum qildi. 

Bir neça yil avval Mark diabet kasalligi tufayli oyoğidan ayrildi va suğurta böyiça beriladigan protezni kutib ötirmaslikka qaror qildi. U mustaqil ravişda protez yasab, Reddit'da uning rasmini çop etdi. 

Britaniyalik kişi qizining Legösidan yasalgan protezda yurib bölmasligini aytgan. Keyinçalik u sun'iy protezga ega böldi, öyinçoq protezini esa san'at asari kabi xona burçagiga yasatib qöydi. 

Kroninning sözlariga köra, 2013 yilda unga diabet taşxisi qöyilgan. Şifokor unga bu kasallikka 2000-yillarning boşidayoq çalinganini, biroq özini namoyon etmaganini aytgan. Taşxis qöyilgandan bir yil ötib, britaniyalik çap oyoğidagi barmoqlaridan, keyinçalik esa butun oyoğidan ajralgan.