Jafokaş xalqimizning boşiga köp musibatlar tuşgan. Zero, Alloh taolo suygan bandasiga turli sinovlar, imtihonlar yuborib, uning iymonini, irodasini pölatni ötda toblagandek toblab turar ekan. Özbekiston xalqi ham sönggi asrlar davomida ayniqsa köp zahmatlar çekdi, mustabid tuzumning asoratida qoldi. Biroq, erksevar xalqning metin irodasini, porloq kelajakka, hurriyatga bölgan işonçini heç narsa sindira olmadi. Parvardigorimizning inoyati ila xalqimiz içidan buyuk öğlonlar, asl qahramonlar yetişib çiqib, Vatan ozodligi, yurt obodligi yölida ulkan işlar qilib, ismlari tariximizga zarhal harflar bilan yozilib qoldi.
Salkam yuz yil davom etgan istibdod davomida erkidan, dinidan, tarixidan, tilidan ayrilayozgan xalqimizning dardiga ana şunday uluğ farzandlardan biri malham böldi. Hurriyat bayroğini baland kötarib, dunyo xaritasiga Özbekiston deb atalmiş mustaqil davlatni paydo qilgan bu inson Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti, mustaqilligimiz asosçisi, buyuk davlat va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni Islom Abduğaniyeviç Karimov edi.
Bu insonga insoniyat tarixida kamdan-kam odamlarga beriladigan baxt nasib etdi. Bu baxt – ona xalqini zulmatdan nurga, qullikdan ozodlikka olib çiqiş, uni taraqqiyot va ezgulik yöliga boşlaş, porloq istiqbol yölini körsatib berişdir. Bunday şaraf tarixi, ötmişi buyuk xalqimizning, başariyatga köplab uluğ zotlarni bergan zaminimizning uluğ farzandlariga nasib bölgan edi, Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovga ham nasib etdi.
Bugun muhtaram yurtboşimizni sönggi yölga kuzatar ekanmiz, u kişining rahbarligi ostida bosib ötilgan şonli tariximizga bir nazar taşlab, erişilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob qilsak, u kişining Vatan oldidagi, el-yurt tinçligi va farovonligi yölidagi buyuk xizmatlarini yaxşiroq anglaymiz.
Xalqimiz mustaqillikning murakkab vaziyatli dastlabki kunlarini, turli fitnalar tahdid solib turgan tahlikali davrlarni Islom Karimov rahnamoligi ostida yengib ötib, tinçlik, bunyodkorlik, tinç-osoyişta va farovon hayot sari dadil qadam taşlay boşladi. Yurtboşimiz ğoyat oğir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tuşib qolgan respublikani muqarrar halokatdan saqlab qolişga, çigal vaziyatni qisqa vaqt içida tubdan özgartirişga erişdi.
Hurriyat tongi otib, istiqlol quyoşi çaraqlagan sari yurtimizda iqtisodiy yuksaliş, diniy erkinlik, bağrikenglik, özlikni anglaş, tiklaniş şamollari esa boşladi.
Yurt ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan obod böldi: Vatanimizda keng kölamli islohotlar amalga oşdi, iqtisodiyotda qator tarmoqlar rivojlandi, yangilariga asos solindi, köplab sanoat obektlari barpo etilib, işga tuşirildi; Ramazon va Qurbon hayitlari dam oliş kuni deb e'lon qilindi, ibodatlar emin-erkin bajarila boşladi, yangi masjidlar, madrasalar qurildi, ta'mirlandi, minglab yurtdoşlarimiz haj va umra safariga otlandi. Har bir yangi öquv yilining boşida maktabga ilk qadam qöygan bolajonlarga Prezident sovğasi topşirilib, farzandlarimiz yurtboşimiz bergan qalam-qoğoz bilan xat-savod çiqarişdi, ilm-fan sohasida, madaniyat va sport sohasida katta muvaffaqiyatlarga erişişdi, jahon sport maydonlarida ulkan ğalabalar qozonişdi va qozonişmoqda.











