AQŞ va Madagaskar olimlari oroldagi sudralib yuruvçilar oilasining yangi turini aniqlaşdi. Madagascarophis lolo deb nomlangan ilonning şu paytga qadar aniqlanmaganiga uning taşqi körinişining öziga xosligi sabab bölgani aytilmoqda. Bu haqda Copeia jurnalida çop etilgan maqolada söz yuritilgan.
Ilonni talaba Bernard Randriamaxatantsoa Ankarana milliy boğidagi 26 km.lik piyoda sayri çoğida yuz bergan kuçli yoğingarçilik vaqtida aniqlagan.

Biroq, zoologlar duç kelgan muammo şundan iborat ediki, ular yangi ilonning birgina namunasini uşlaşga muvaffaq bölişgan. Uning taşqi körinişi ilonni qoyalar manzarasi bilan uyğunlaşib ketişiga imkon bergani sabab, lolo ("luu luu" deya talaffuz qilinadi) deb nomlandi. U mahalliy tilda — "arvoh" degan ma'noni bildiradi.
Olimlar, yangi ilon turi avval ma'lum bölgan sudralib yuruvçi vakili emasligiga işonç hosil qiliş maqsadida, uning töliq morfologik tasvirini yozib, DNK tahlilini amalga oşirişgan. Şundan söng, sudralib yuruvçilar oilasi yana bir yangi tur bilan boyigani xaqida e'lon qilingan.












