Meizu nihoyat eng köp kutilayotgan qurilmalardan biri - Max plaşetofonini namoyiş qildi. U 6 dyuymli IPS-displey va mPen stilusi bilan ta'minlangan.
Max — işlab çiqaruvçining eng yirik smartfoni, u 6,44 dyuymli Xiaomi Mi Max bilan raqobatlaşa oladi. Meizu smartfoni özining qulay hajmi tufayli kundalik foydalanişda ança qulay.

Qurilma alyumin korpusga ega. Planşetofonning ölçamlari: 163,4 × 81,6 × 7,9 mm, vazni esa - 189 gramm. Orqa qopqoğida 13 megapikselli Sony IMX258 kameraning moduli hamda işlab çiqaruvçining logotipi joylangan. Boşqa xitoylik işlab çiqaruvçilardan farqli ölaroq, Meizu'da barmoq izlari skaneri old tomonda ekran ostida. Ekran tepasida esa 5 megapikselli kamera örnatilgan.
Meizu Max 8 yadroviy MediaTek Helio protsessori va 3 Gb operativ xotiraga ega. Örnatilgan xotira qurilmasi hajmi 32 yoki 64 Gb'dan iborat, bundan taşqari xotira kartalarini qöllab-quvvatlaydi. Smartfon 4G LTE, VoLTE va ikkita sim-kartaga möljallangan darçaga ega. Uning avtonom faoliyati uçun 4 100 mAç'li akkumulyator mas'ul. Operatsion tizim sifatida Android 6.0 Marshmallow qöllaniladi.

Meizu Max sotuvga tört xil rangda çiqariladi: kulrang, kumuşrang, tillarang va puşti. Smartfon bahosi - 270-290 dollar (xotira hajmiga qarab). Yangi smartfon sotuvi 12 sentabr kuni Xitoyda yölga qöyiladi, oktabrda esa - Rossiyada.












