Singapurda denge bezgagiga çalingan kişilar soni 11,3 mingdan ortdi va bu rekord körsatkiç hisoblanadi. Bu haqda Channel NewsAsia xabar tarqatgan.
Ötgan yili respublika böyiça bu xastalik 11,2 ming kişida qayd etilgandi. Ötgan haftada kasallik bilan boğliq yana 311 yangi holat aniqlandi.
Bemorlarning 7 nafar vafot etgan.
Bundan taşqari, mutaxassislar yil yakunida denge bezgagi bilan oğrigan xastalar soni 30 ming nafardan ortişi mumkinligini istisno etmayapti.
Şu bilan bir vaqtda Singapur soğliqni saqlaş vazirligi yana 16 kişi Zika virusini yuqtirganini ma'lum qilgan. Bu virusga çalinganlar soni 258 nafarni taşkil qilmoqda.
Zika, denge va çikungunya bezgaklarini Aedes aegypti çivinlari taşib yuradi. Uşbu çivinlarning çaqişidan saqlaniş va ularning köpayiş joylarini yöq qilişga çaqiriladi. Ekspertlarning fikriça, Zika virusiga qarşi vaksinani yaqin uç yil içida kutmasa ham böladi.
Mutaxassislar Singapurni bu viruslar tarqalişi oson bölgan hudud sifatida hisoblaşadi. Kiçik bu hudud aholisi köp, havo harorati +30 darajadan tuşmaydi, namlik yuqori.












