2016 yilning 5 sentabridan boşlab Boeing-787 Dreamliner samolyoti respublika şaharlari böylab muntazam reyslarni amalga oşira boşladi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Hozirda layner parvoz qilayotgan şaharlar – Toşkent, Buxoro, Navoiy, Urganç va Nukus. Poytaxtdan Buxoroga ikki tomonlama çiptalar narxi 446 644 sömni taşkil qiladi, Urgançga esa – 640 000 söm. Şunday bölsa-da MAK taşiş bahosi özgarişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Parvozlar bilan boğliq ma'lumotlar va jadvalni kompaniya saytida körişingiz mumkin. Jadvalga har hafta özgarişlar kiritilmoqda.

Ilk yölovçilar samolyot saloni, keng kreslolar va zamonaviy texnologiyalarni yuqori baholaşmoqda. Parvoz davomida mikroiqlim uçun havo namlantiruvçilari mas'uldir. Har bir yölovçi uçun alohida ekran mavjud bölib, ular sayohat vaqtida zerikmasligingizga kafolat beradi.
Boeing-787 Dreamliner bir vaqtning özida 246 nafar kişini taşişga qodir. Tez orada parvozlar geografiyasi kengaytiriladi – AQŞ, Kanada, Osiyo va Afrika mamlakatlari, Avstraliya va Uzoq Şarqqa reyslar rejalaştirilgan. Bu vaqtga kelib, Özbekistonga ikkinçi Boeing-787 Dreamliner samolyoti ham yetib keladi.
Qöşimça ma'lumotlarni Milliy aviakompaniya idorasidan olişingiz mumkin.












