Dubay hukumati hukmdor Muhammad Ibn Raşid Al-Maqtum nomidagi kutubxona quriş loyihasiga start berdi. Kutubxona qurilişi 272 mln dollarga aylanadi va arab olamida madaniyat sohasidagi eng katta loyiha böladi, deb xabar bermoqda Arabian Business naşri.
Kutubxona qurilişi joriy sentabr örtalaridan boşlanib, 2018 yil örtalarida yakunlanadi.
Kutubxona maydoni 650 ming kvadrat metrni taşkil qiladi va yiliga 42 mln kitobxonni qabul qilişi mumkin. Kutubxona fondida 4,5 mln dan köproq, jumladan 1,5 mln ta bosma hamda audio va raqamli kitoblar saqlanadi. Kutubxona içida 8 ta ixtisoslaştirilgan kutubxona böladi.
Kutubxona qurilişi böyiça tenderni qaysi kompaniya olişi ma'lum qilinmagan.
Kutubxona binosi oçilgan kitob şaklida quriladi. Unda yiliga 100 dan köproq madaniy tadbir ötkaziladi. Kutubxona içida muzey va boşqa muassasalar ham joylaşadi.
Dubay hukumati vakillarining aytişiça, kutubxonaning asosiy vazifasi mutolaa qilişni tarğib qiliş hamda "arab tilini muhofaza qiliş va madaniy merosni saqlaşdan" iborat böladi.












