Internetda şaxsiy ma'lumotlarning tarqalişini nazorat qiluvçi LeakedSource.com sayti tarmoqda Rambler poçta servisining 98 million 200 ming nafar foydalanuvçisiga tegişli login va parollardan iborat şaxsiy ma'lumotlar aniqlangani haqida xabar berdi. Servisga 2012 yilning fevralida buzib kirilgan, deya taxmin qilinmoqda, lekin ma'lumotlar endi oşkor qilingan.

"Rambler"da buzib kiriş haqida bilişlarini aytişgan. "Bu yerda heç qanday muammo yöq: bu baza 2014 yilda aniqlangandi, uni tahlil qilingandan söng biz 4 million faol foydalanuvçini aniqladik - ularning barçasining parollari özgartirildi", - deya ma'lum qildi Hi-Tech "Vesti"ga Rambler & Co vakili Sofya Ivanova.

Bu joriy akkauntlarga yangi parollardan heç biri tuşmaydi, degani emas - odamlar majburiy özgartirişdan keyin köpinça eski parollarini qaytaradilar yoki eng oddiy variantlarni qöllaydilar (masalan, 12345678). Rambler & Co xodimlarining ta'kidlaşiça, parollar ançadan beri şifrlangan körinişda saqlanadi. Bundan taşqari, foydalanuvçilarga ikki omilli avtorizatsiyani qöllaş tavsiya qilinadi - bunda qöşimça himoya uçun parolni kiritişdan taşqari SMS-kodni ham kiritiş kerak böladi.