7 sentabr kuni San-Frantsiskoda (Kaliforniya ştati, AQŞ) Apple kompaniyasining navbatdagi taqdimoti bölib ötadi. Unda iPhone smartfonlarining yangi modellari va Apple Watch "aqlli" soatlari namoyiş etiladi. 

iPhone - Amerikaning Apple kompaniyasi işlab çiqaradigan sensor boşqaruvli smartfonlar guruhi. iPhone qurilmalarini işlab çiqariş 2005 yilda kompaniya rahbari Stiv Jobs va dizayner Jonatan Ayva tomonidan yölga qöyilgan. Bu smartfon ilk marotaba 2007 yilning 9 yanvarida San-Frantsiskodagi Macworld körgazmasida namoyiş qilingan, qurilma 2007 yilning 29 iyunidan AQŞda sotila boşlangan. 

iPhone'ning paydo bölişi mobil telefonlar va gadjyetlar bozoriga katta ta'sir körsatgan, buning natijasida qolgan aksariyat işlab çiqaruvçilar öz qurilmalarini şu smartfonga asoslanib yarata boşlaşdi. Dastlab iPhone boşqa smartfonlardan katta hajmli sensor ekrani bilan ajralib turardi. Uni yaratişda korpusdagi tugmalar sonini imkon qadar kamaytirişga qaror qilingan. Şuningdek smartfondan internet tarmoği va ilovalar dökoniga kirişni osonlaştiriş maqsadida iPhone uçun yangi iOS operatsion tizimi işlab çiqilgan.

Ilk iPhone

Ilk iPhone 3,5 dyuymli diagonalga (115X61 mm) ega ekran, 2 megapikselli kamera, alyuminiy, şişa, pölat va qora plastik elementlari bölgan korpus bilan ta'mirlangan. U ikkinçi avlod ma'lumotlar uzatiş standartlari (GSM, EDG), Wi-Fi hamda Bluetooth'ni qöllab-quvvatlagan. Vazni - 135 grammni taşkil qilgan. Qurilma 4, 8 va 16 gigabayt xotira versiyalarida işlab çiqarilgan. Bir yil içida 5,4 million smartfon sotilgan.  

iPhone 3G va 3GS

2008 yilning 11 iyulida  iPhone  qurilmalarining keyingi - 3G seriyasi işlab çiqarildi. Bu smartfon uçinçi avlod mobil tarmoqlarini qöllab-quvvatlagan, u navigatsiya uçun örnatilgan çipga ega bölgan. 3G seriyasi oq va qora ranglarda sotilgan. Apple birinçi yilning özidayoq taxminan 15 million qurilmani sotişga muvaffaq bölgan. 

2009 yilning 19 iyunida iPhone 3GS versiyasi taqdim etilgan. Uning protsessori yanada kuçli bölgan, 3 megapikselli kamera video tasvirga ola boşlagan, şuningdek 32 gigabayt xotiraga ega versiyasi ham paydo bölgan. iPhone 3GS bir yilda 30 million dona sotilgan. 

iPhone 4 va 4S

2010 yilning 24 iyunida Apple kompaniyasi iPhone 4 qurilmasini taqdim qildi. Yangi smartfon nisbatan ingiçka körinişda çiqdi. U 5 megapikselli kamera va yanada kuçli protsessor bilan işlab çiqarildi.