Xitoyda bölib ötgan «Katta yigirmatalik» sammiti Rossiya va Turkiya yetakçilari Vladimir Putin hamda Rajab Toyyib Erdöğanning xalqaro maydonga ğalaba bilan qaytişi ila yodda qoladi, deb yozmoqda Le Monde gazetasi.

Ta'kidlanişiça, G20ning ötgan ikki sammitida Vladimir Putin Ukrainadagi voqealar tufayli ajralib qolgan bölsa, Xançjoudagi anjumanda u ajoyib suhbatdoş böldi. Jumladan, davlat rahbari ötgan sammitda paydo bölgan özaro işonçsizlikka barham berib, Saudiya Arabistoni bilan muzokaralarni samarali yakunladi. Köpgina masalalar, xususan Suriya rahbari Başar Asad kelajagi borasida bir-biriga zid qaraşga ega ikki mamlakat, neft qazib oliş hajmi borasida kelişuvga erişa oldi. Sammitning yana bir kutilmagan voqeligi Putinning Obama bilan yakkama-yakka muloqoti böldi. Şundan söng, Putin amerikalik hamkasbining Suriya inqirozini hal etiş borasida jiddiy ekanini ta'kidladi. 

«Şu narsa aniqki, bu sammit — Putinning revanşi böldi. Uning holati, barça uni qidirib yurgan kişiniki bilan bir xil edi», — degan sammitda iştirok etgan diplomatlardan biri. 

Fransiya naşri, anjuman davomida öz isbotini topgan rus-xitoy döstligini alohida uqdirmoqda. Bu döstlik «eng yaxşi holatda»: ular ittifoqsiz «öxşaş manfaatlarni birlaştirişgan». Rossiya va Xitoy, Ğarbga nisbatan kuçli qaraşni saqlab qoliş uçun bir-birini qöllab-quvvatlamoqda. Şu bilan birga, ayrim masalalarda masofa saqlaşni unutişmayapti. Putin Xançjouda Xitoy bilan qator masalalar, xususan Janubiy Xitoy dengizidagi hududiy da'volar borasida yakdilligini namoyiş etdi. 

Erdöğan borasida töxtalgan gazetaning yozişiça, balki bu sammit, Turkiya yetakçisining mamlakatida unga qarşi amalga oşmay qolgan davlat töntarişidan söng, Ğarb bilan munosabatlari yomonlaşgaç, birinçi marta yirik xalqaro anjumanda iştirok etayotgani sabab, köpçilikning e'tibori unga qaratilgani tabiiydir. Şuning barobarida, prezident Turkiya va Suriya çegarasida bufer hududini taşkil etiş ğoyasini ança işonçli tarzda taklif eta oldi.