Parijda joriy yilning oktabri örtalarida qoçqinlar uçun birinçi lager oçiladi. Bu haqda şahar meri Ann Idalgo ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Independent.

Merning aytişiça, qoçqinlar bu lagerda "5 kundan 10 kungaça qolişlari" mumkin böladi. Ular bu vaqt içida tibbiy va psixologik yordam oliş imkoniga ega böladilar.

Ta'kidlanişiça, ayollar va bolalar hamda erkaklar uçun alohida ikkita korpus quriladi. Erkaklar korpusi Parijning şimolidagi eski temir yöl stansiyasida joylaştiriladi, ayollar korpusi esa Ivri-syur-Sen şahrida oçiladi.