Mana, bir neça kundirki, oğir musibatdan özbek xalqi öziga kela olayotgani yöq. Bunday judolikni nafaqat xalqimiz, balki dunyo hamjamiyati his etyapti. Yaqin ötmişda Özbekiston deya atalguvçi qaddi bukilgan, şa'ni tahqirlangan muqaddas zaminni qayta oyoqqa turgazgan, turgazganda ham sarbaland maqomda, özligi, e'tiqodi, jasoratini tarannum etgan millat xaloskori Rafiqi a'loga yöl oldi. E'tirof etilganidek, Islom Karimov qaysi lavozimda, qaysi vazifada faolyait olib bormasin doimo vatan taqdiri, yurt qayğusi bilan yaşadi. Yurtdoşlarimiz 25 yillik hayoti davomida barça erişgan yutuqlari, saodatli onlarini bevosita u kişining nomi bilan boğlaydi. Bir oqil rahbar bölsa şu insonçalik bölar... Ötgan asrning 80 yillariga kelib, har tomonlama qoloq mamlakatga aylangan, bir yoqlamali tizimga asoslangan iqtisodiy noçor ahvolga kelib qolgan davlatni tarixan qisqa davr içida tenglar içra teng yurtga aylantirib, barqaror ösiş sur'atlariga eriştiriş uçun qança zahmatlar, qançadan-qança matonat, çidam, sabr, bardoş kerak bölarkin...Zero, bunday darajalarga birdan erişib qolganimiz yöq. Azizlar, bugun közlarda yoş bilan nazar taşlaylik yurtimiz qudratiga: qaysi soha, qaysib bir tarmoq, yönaliş rivoj topmay qolib ketdi? Heç qaysi! Alloh taolo yurt egasining tinimsiz harakatlari, şijoatlari evaziga uning yölini oçişi bilan diyorga Öz rahmatlari, barakotlarini yoğdirdi. Ne'matlar ketidan ne'matlar kela boşladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Inson vafot etgaç amallari töxtaydi. Faqat unga uç narsadan savob yetib turadi: sadaqai joriya (savobi davomli yaxşi iş), foydali ilm, uning haqiga duo qiluvçi solih farzand”, deya marhamat qilgan muborak hadislarini yaxşi bilamiz. Yurtboşimizning bevosita taşabbuslari bilan xalqimiz uçun bunyod etilgan minglab inşootlarni ta'riflaş şart emas.

Toşkent şahrining betakror me'moriy möjizasi bölib barpo etilgan “Minor” masjidi oçilişidagi u kişinigng sözlari hamon quloğimiz ostida jaranglaydi: “