Niderlandiya boş vaziri Mark Ryuttening etnik turklarga nisbatan aytgan gaplari oliy davlat lavozimini egallab turgan şaxs uçun munosib emas, deya ta'rif bergan Turkiya TIV matbuot kotibi Tanju Bilgiç.
«Niderlandiya boş vazirining etnik turklar haqida aytganlari davlatning yuqori lavozimini egallab turgan odamga mos kelmaydi. Yevropada istiqomat qilayotgan va Fathulloh Gulen rahbarligidagi terrorçilik oqim a'zolarini tanqid qilayotgan turklarning qaraşini tanqid qiliş Niderlandiya hukumatining terrorizmni qöllab-quvvatlayotganidek tasavvur uyğotadi hamda ikki mamlakat döstona va ittifoqçilik aloqalariga zarar yetkazadi», — deya Bilgiç sözlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Matbuot kotibining qayd etişiça, Niderlandiya turklari özlarining qonuniy huquqlaridan foydalanmoqda. Uning sözlariga köra, Ryutte sözlari ularning ijtimoiy birlaşuv jarayoniga salbiy ta'sir körsatadi.
Avvalroq, Ryutte Turkiyaning Rotterdamdagi diplomatik vakolatxonasi oldida turk hukumati va fuqarolarini qöllab ötkazgan tinç namoyişiga nisbatan keskin fikrlar bildirgan edi.
Aktsiya iştirokçisi va mahalliy OAV xodimi örtasida yuz bergan tortişuvni izohlagan Ryutte etnik turklar Niderlandiya jamiyatiga qöşilib keta olmasligi sabab, Turkiyaga qaytişsa maqsadga muvofiq ekanini aytgandi.

















