Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi 2017 yildan dizel dvigatelli maşinalarining AQŞda sotilişini töxtatadi. Bu haqda nemis kompaniyasining Şimoliy Amerikadagi bölimi rahbari Xinrix Vebkenga iqtibos keltirgan holda Car and Driver naşri xabar bermoqda.
"Brend dizel maşinalarining salohiyati AQŞda tugadi. Biz bunday dvigatelli avtomobillarimiz yanada ommaviylaşişini prognoz qilmaymiz", deb aytdi Vebken. U, şuningdek, dizelli modellardan voz keçiş faqatgina Volkswagen markasidagi modellarga tegişli bölişi va konserning qolgan brendlari va "dizel maşina hali ham katta ahamiyat kasb etadigan" davlatlarga taalluqli emasligini aytdi.
AQŞda Volkswagen’ning 6 ta dizelli modeli sotilardi: Jetta, Golf, Golf Sportwagen, Passat, Beetle va Touareg. "Dizel mojarosi" avj olmasdan oldin bu maşinalar hisobiga kompaniyaning AQŞdagi savdosining 20 foizi töğri kelardi.












