AQŞ mudofaa vaziri Eşton Karter Rossiyani jahon tartibini buzişga urinayotganlikda aybladi. U, Oksford universitetida qilgan ma'ruzasida şunday bayonot bilan çiqiş qilgan, deya xabar qilmoqda Associated Press.

Uning fikriça, sovuq uruş davri yakunlangaç, hamkorlikda erişilgan ijobiy natijalarga qaramay, Rossiyaning «Ukraina va Gruziya hududiy yaxlitligini buzişi, havoda, fazoda va virtual kenglikda özini noprofessional tutişi hamda yadro qurolini köz-köz qilişi» şuni isbotlaydiki, rasmiy Moskva «bugungi kundagi jahon tartibini aniq buzişga urinmoqda».

Karterning ta'kidlaşiça, AQŞ Rossiya bilan bevosita uruş bir yoqda tursin, hatto yangi sovuq uruşiga ham intilmayapti. 

«Biz Rossiyada özimizga duşman qidirayotganimiz yöq, ammo, xomtama bölmang, ittifoqçilarimizni, mavjud xalqaro tartib va'da qilayotgan ijobiy kelajakni himoya qilamiz», — degan Amerika mudofaa vaziri.

«Biz, kollektiv xavfsizligimizni barbod qilişga bölgan urinişlarga qarşi kuraşamiz. Şuningdek, demokratik jarayonlarimizga aralaşiş borasida urinişlarga jim qarab tura olmaymiz», — deb yakunlagan Karter.