Toğda yursak, uning buyukligi göyo, közga taşlanmagandek böladi. Uzoqlaşganimiz sari toğlarning buyukligi yaqqol namoyon böladi. Tiriklik vaqtida ham, vafotidan keyin ham Islom Karimovni buyuk inson edi, deyişga töla xaqqimiz bor. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborotida ta'kidlanganidek, mamlakatimizning Birinçi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy şaxs edi.

Islom Karimovning qat'iyati va jasorati bilan Respublikamiz mustaqillikka erişdi va öz taraqqiyot yölida ulkan muvaffaqiyatlarni qölga kiritdi. Yoş davlatimiz uçun ğoyat murakkab va mas'uliyatli davrda vaziyat beqarorlaşuvining oldi olingani va xalqimizning uruş dahşatlarini körmasdan eson-omon ötişi bevosita Islom Karimov nomi bilan boğliq.

Mustaqillik heç qaysi xalq, heç qaysi millat tarixida osonlik bilan qölga kiritilgan emas. Eng qiyini mustaqillikni saqlab qolişdir. Misol tariqasida ötgan asrning 60 yillarida Afrika qit'asida va 90-yillarida postsovet mamlakatlarida qölga kiritilgan mustaqilliklar xaqida gapiradigan bölsak, qaysi bir yoş davlatda rahbari oqil va dono bölsa, öşa mamlakat taraqqiyot yölidan bordi. Afrikaning deyarli barça mamlakatlarida qurolli ğalayon va isyonlar, davlat töntarişlari yuz berib, bu jarayon “zanjir reaksiyasi” kabi hamon davom etmoqda. Dono yölboşçilarga ega davlatlar tinç taraqqiyot yölini tanlab, buyuk kelajak yaratiş yölida bir qator yutuqlarga erişdi. Bunda sözsiz öşa davlat yetakçisining uzoqni közlab olib borgan siyosati katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy yetakçilarning aybi bilan Afrikada qonlar daryo bölib oqqanini guvohi bölganmiz.

Yetakçi atrofdagilarga öz bilimi va ahloqiy qadriyatlarini taqdim qiladi. Masalan, Germaniya kansleri Gelmut Kol nemis xalqi milliy birligini qayta tiklagan arbob sifatida tarixga kirdi. Yetakçi öz rejalari haqida safsata sotmaydi, balki ularni amalga oşiradi. Tarixdan ma'lumki, söz va iş birligiga amalga qilganlargina yetakçi böla oladi. Şu örinda mustaqillik arafasida yuz bergan Öş voqealarini olaylik. Öşanda “qora kuçlarning” rejasiga köra, mintaqamizda ikkinçi Toğli Qoraboğ yaratilişi, bunda Özbekiston Armaniston kabi vazifani bajarişi kerak edi. Biroq aynan Islom Karimovning sa'y-harakatlari bilan yuz berişi mumkin bölgan fojialarning oldi olindi.

Davrimizning buyuk yozuvçisi Çingiz Aytmatov bilan taniqli qozoq şoiri Muxtor Şoxonovning samimiy suhbatlari natijasi ölaroq dunyoga kelgan “Çöqqida qolgan ovçining ohi-zori” kitobining “Hokimiyat va ma'naviyat yoki podşohlar, xonlar, qirollar, prezidentlar faoliyatiga bir nazar” bobida qadimgi hukmdorlardan tortib hozirgi davlat rahbarlari haqida mualliflarning şaxsiy fikrlari, qaraşlari bayon qilinadi.

Çingiz Aytmatov Özbekiston Prezidenti bilan ilk uçraşuv haqida quyidagiça eslaydi: “Özbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan ilk bor 1990 yilda uçraşganman. Öş fojialari esingdami? Ikki qardoş xalq örtasida kutilmaganda nifoq paydo bölişi, qon tökilişiga men befarq qarab turaolmadim......