Kataloniya çempionatining ikkinçi divizoni bahsini boşqarişga tayinlangan ayol hakam Marta Galego öyinni 3 daqiqaga töxtatib qöyişga majbur böldi. 

Stadionga taşrif buyurgan muxlislardan biri unga "uyiga qaytib idişlarni yuviş"ni maslahat qilgan.

AS naşri xabariga köra, «Vals» va «Kambrils Unio» bahsini boşqargan hakam qiçqiriqni eşitgaç, öyinni töxtatib qöygan va bezori muxlisdan stadionni tark etişni söragan. 

Şundan söng muxlislar Galegoning qarorini olqişlay boşlaşgan. Bezori muxlis hakamning sözlarini bajargaç, öyin davom ettirilgan.

Bu holat Kataloniya futbol federatsiyasi tomonidan körib çiqilişi kutilmoqda.

Manba: Tribuna.uz