Moskvada 7 sentabrda muqobil Paralimpiya öyinlari tantanali ravişda oçildi. Bu musobaqalar Braziliyadagi Paralimpiya öyinlaridan doping mojarosi tufayli töliq tarkibda çetlatilgan rossiyalik sportçilar uçungina taşkil etildi. 

Braziliyaga 263 nafar rossiyalik sportçi borişi kerak edi. Ma'lum qilinişiça, muqobil Paralimpiadaning asosiy ğoyalaridan biri rossiyalik sportçilarning kuçini butun dunyoga körsatişdan iborat.

Paralimpiya öyinlari oçilişida Rossiya Paralimpiya qömitasi rahbari Vladimir Lukin iştirok etdi. Moskva Paralimpiadasi iştirokçilari oldida Rossiyaning taniqli artistlari çiqişdi.

Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiya öyinlari oçilişi marosimi ham 7 sentabrga belgilan.