Boks böyiça Özbekiston terma jamoasi 8-11 sentabr kunlari davomida Rossiyaning Omsk şahrida bölib ötadigan Aleksey Tişçenko nomidagi xalqaro turnirda iştirok etadi. Bu haqda Özbekiston boks federatsiyasi xabar bergan.

Musobaqada Özbekistondan 7 nafar sportçi iştirok etmoqda: Mironşoh Ibragimov (49 kg), Hasanboy Latiboxunov (- 52 kg), Sulaymon Latipov (- 56 kg), Uluğbek Dösmurodov (-60 kg), Elyor Noraliyev (-64 kg), Sardor Yormuhamedov (-91 kg) va Uluğbek Mubinov (+91 kg). Jamoa murabbiyi Aziz Şaripov.

Musobaqada Özbekiston vakillaridan taşqari, Xitoy, Möğuliston, Afğoniston, Armaniston, Qozoğiston va Rossiyadan 80 nafarga yaqin boksçilar kuç sinaşadi. Şuningdek, Omsk terma jamoasi alohida jamoa sifatida qatnaşadi. Musobaqa hakamlari xalqaro toifadagi AIBA hakamlari bölib, ular orasida özbekistonlik Öktam Bozorov ham bor.