Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi 3 oy ichida bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi 3 oy mobaynida o‘tkaziladi. Bu haqda parlament vakili xabar qilgan.
"Parlamentning bugungi qo‘shma yig‘ilishida prezident saylovlari aniq sanasi ko‘rib chiqilmadi, bu Markaziy Saylov Komissiyasi vakolatiga kiradi. Konstitutsiyaga muvofiq, saylov 3 oy mobaynida o‘tkaziladi", — deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq majlisda O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi prezidentlik saylovi 2015 yilning martida o‘tkazilgandi. O‘zbekiston prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Mamlakatda oxirgi parlament saylovlari 2014 yilning dekabridan 2015 yilning yanvarigacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilgandi.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentabr kuni insult oqibatida Toshkent shahrida vafot etdi. Marhum 3 sentabr kuni o‘z ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026