Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonga taşrif buyurgan Islom hamkorlik taşkiloti (IHT) boş kotibi Iyad bin Amin Madaniyni qabul qildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

TIV rahbari, mehmonni kutib olar ekan, avvalo, Özbekiston Birinçi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan bildirilgan ta'ziya va dalda sözlari uçun öz minnatdorçiligini bildirdi.

Suhbat çoğida Toşkent şahrida Özbekiston raisligida bölib ötadigan IHTga a'zo davlatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşi (TIVK)ning 43-sessiyasiga tayyorgarlik körişning amaliy masalalari muhokama qilindi.

TIVK majlisini muvaffaqiyatli ötkazilişidan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Uçraşuvda qayd etilganidek, Özbekiston tomonidan taklif qilingan «Ta'lim va ma'rifat — tinçlik va bunyodkorlik sari yöl» deb nomlangan raislik şiorining dolzarbligi va ahamiyatliligi sababli 43-sessiya va uning yakunlari IHT tarixida qoladi.