AQŞ harbiylari Guantanamodagi qamoq lagerlaridan birini yopdi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi. 

AQŞ harbiy-dengiz kuçlari vakili Jon Filostratning aytişiça, yopilgan lager mahbuslar uçun tibbiy markazga aylantiriladi. Lagerda saqlangan mahbuslar Kubadagi boşqa turmalarga ötkaziladi.

Kubadagi Guantanamo bazasidagi turma 2001 yil 11 sentabrdagi teraktdan keyin 
terrorçilikda ayblangan va gumon qilinganlarni saqlaş uçun yaratilgan.