Buyuk Britaniyalik ixtiroçi Kevin Skott monosiklda tez harakatlaniş böyiça soatiga 98,464 kilometr tezlikda harakatlanib, jahon rekordini örnatdi. Uning natijasi Ginness rekordlar kitobiga kiritiladi. 

Skott va uning UK Monowheel Team kompaniyasi monosiklni işlab çiqarişga ikki yil sarflagan. 7 oy uning konstruksiyasini işlab çiqişga, yana 12 oy monosiklni Ginness kitobi talablariga moslaştirişga ketgan. 

WarHorse («jangovar ot») deb nomlangan qurilma diametri 1,5 metrlik karbonli rama-ğildirakdan iborat bölib, vazni 85 kg keladi. U, 200 kub sm hajmdagi qayta işlangan dvigatel, pnevmatik podveska va original uzatmalar qutisiga ega. 

Uning yurişlari Şimoliy Yorkşirdagi Elvington aerodromida bölib ötgan. Şu bilan Skott amerikalik Kerri Makklinning 2001 yilda örnatgan rekordini yangilaşning uddasidan çiqdi. Öşanda Kerri monosiklda soatiga 91,7 km tezlikda harakatlana olgan edi.