Turkiya armiyasi va xavfsizlik kuçlari Kurdiston işçi partiyasiga qarşi mamlakat tarixidagi eng yirik operatsiyani ötkazmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan . 

"Biz Suriyaning Jarablus şahrida operatsiya boşladik, şuningdek KIPga qarşi tarixdagi eng yirik operatsiyani ötkazmoqdamiz", deb aytdi Erdöğan Anqarada gubernatorlar bilan uçraşuvda.
 
Turkiyaning janubidagi Hakkari viloyatidagi Çukurjada ötgan hafta oxiridan KIPga qarşi artilleriya qöllagan holda katta kölamli operatsiya olib borilmoqda. Turkiya qurolli kuçlari boş ştabi 8 sentabrda operatsiya davomida KIPning 186 a'zosi yöq qilinganini ma'lum qildi. Şuningdek, Turkiya tomondan 9 harbiy halok bölgan, 20 dan köproği jarohat olgan. Turkiya xavfsizlik kuçlarining KIP jangarilariga qarşi operatsiyasi davom etmoqda.