Rio-de-Janeyrodagi XV Paralimpiya öyinlarining birinçi kuni Özbekiston termasi uç oltin, ikki kumuş va uç bronza medalini qölga kiritdi. Mazkur körsatkiç bilan mamlakatimiz medallar hisobi böyiça AQŞ va Braziliyani ortda qoldirgan holda Xitoy va Buyuk Britaniyadan keyingi uçinçi örinni band etib turibdi.

Özbekiston vakillarining paralimpiyaning birinçi kunidagi suratlaridan fotojamlanma tuzildi.

Tört yillikning nufuzli musobaqasida Özbekiston Paralimpiya terma jamoasining 32 nafar sportçisi 5ta sport turida vatan şarafini himoya qilmoqda.