Hindiston fazoviy tadqiqotlar taşkiloti (ISRO) INSAT-3DR meteorologiya sun'iy yöldoşini Yer orbitasiga muvaffaqiyatli olib çiqdi. U, kriogen yoqilğida işlaydigan dvigatel örnatilgan raketa vositasida fazoga kötarilgan.
Raketani uçiriş jarayoni hind telekanallari orqali jonli efirda namoyiş etilgan.
"GSLV-F05 INSAT-3DR sun'iy yöldoşini fazoga olib çiqdi", —deyiladi ISRO bayonotida.
GSLV-F05 raketasi Andxra-Pradeş ştati yaqinidagi Şrixarikota orolidagi kosmodromdan osmonga kötarilgan. Ikki tonnadan oğirroq bölgan yangi sun'iy yöldoşning boş vazifasi yer sathi va dengiz yuzasidagi harorat töğrisida aniqroq ma'lumot töplaşdan iborat.
Kriogen yoqilği – gazlarni çuqur sovutiş vositasida suyultirib olinadi.












