Qozoğiston hukumatining yangi tarkibini tayinlaş bilan boğliq barça masalalar keçiktirilmay hal etiladi, unda katta özgarişlar kutilmaydi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisida davlat rahbari Nursulton Nazarboyev ma'lum qildi. 

"Karim Masimovning boş vazir lavozimidan ozod qilinişi munosabati bilan hozirda hukumat iste'foda, - deya prezidentning sözlarini keltiradi "Kazinform" naşri. - Yangi tarkibni tayinlaş bilan boğliq barça masalalarni keçiktirmay hal qilamiz va öylaşimça, katta özgarişlar bölmaydi, zero hukumat murakkab davrda barça  vazifalarini bajarmoqda". 

Nazarboyev nima uçun Masimovni Milliy xavfsizlik raisi lavozimiga ötkazganiga izoh berdi. "Hukumatdagi özgarişlarni körib turibsiz va buning öz mantiği bor, albatta - bu xavfsizlik darajasini kötariş bilan boğliq", - deya ta'kidladi u. 

Davlat rahbari Masimovning roziligi bilan "uning respublikadagi vaziyatni yaxşi bilişi va tajribasini inobatga olib, hozirgi murakkab davrda mana şunday muhim sektorga rais etib tayinlangan"ini qöşimça qildi.