Xalqaro tadqiqotlar Kaliforniya instituti mutaxassisi Jyeffri Lyuisning aytişiça, seysmologik xizmatlar ma'lumotlariga köra, Şimoliy Koreya quvvati 20 kilotonnadan 30 kilotonnagaça bölgan yadroviy qurilmani sinagan bölişi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Bu Şimoliy Koreya ötkazgan eng yirik yadroviy sinov bölişi mumkin, 20-30 kilotonna, undan kam emas", deb aytdi Lyuis.
Avvalroq AQŞ geologik xizmati Şimoliy Koreyada Pangiri yadroviy poligoni hududida zilzila emas, balki portlaş yuz bergan bölişi mumkinligini ma'lum qilgandi.
Şu bilan birga, Janubiy Koreya xavfsizlik böyiça milliy qömitaning favqulodda yiğilişini ötkaziş niyatidaligini ma'lum qilgan.












