Ozarbayjon poytaxti Boku şahri mezbonligidagi 42-Butunjahon Şaxmat Olimpiadasida iştirok etayotgan Özbekiston terma jamoasi 6-turda möğulistonlik şaxmatçilarga raqib bölişdi.
Jahonning ön yettinçi çempioni Rustam Qosimjonov, şuningdek, Jahongir Vohidov va Anton Filippov raqiblari bilan durang öynab, har biri yarimtadan oçko işladi. Marat Jumayev esa imkoniyatni boy berib qöydi — 1,5:2,5.
Bungaça 5 tur davomida özbekistonlik şaxmatçilar 3ta turda ğalaba qozongan, 2ta turda mağlub bölgandi.
6-turdan keyin Özbekiston erkaklar jamoasi 63-öringa tuşib ketdi.
7-tur Nikaragua terma jamoasiga qarşi ötkaziladi.
6-tur bellaşuvlari özbekistonlik qizlar Sloveniya termasi vakillariga qarşi öynadi.
Bahslar natijasida Özbekiston vakillari raqiblarini 2,5ga 1,5 hisobida mağlub etdi.
Irina Gevorkyan sloveniyalik raqibasidan yengilgan bölsa, Gulruhbegim Tohirjonova va Sarvinoz Qurbonboyeva zafar quçib, terma jamoaga 1 tadan oçko taqdim etdi. Qolgan yarim oçko Nafisa Möminovaning durangi evaziga qölga kiritildi.
Sloveniya ustidan qozonilgan ğalaba Özbekiston qizlar terma jamoasini 23-örindan 16-poğonaga olib çiqdi. Öntalikda borayotgan Gruziya Özbekiston bilan bir xilda oçko jamğargan bölib, qöşimça körsatkiçlarga köra oldinroq örindan joy olgan.
Bugun — 9 sentabr kuni özbekistonlik qizlar özlari bilan bir xilda oçkosi bor bölgan Germaniyaga qarşi dona suradi. Ortda qolgan 6 ta turning 4 tasida zafar quçgan Özbekiston termasi, 1 ta mağlubiyat va 1 ta durang qayd etgan.
manba: olamsport.com












