Bugun Belarusda parlament saylovlari bölib ötmoqda. Ayni vaqtga kelib, saylovçilarning 50 foizidan ortiq qismi saylov uçastkalariga kelib, öz ovozlarini berişgan. Bu haqda Belarus Markaziy saylov komissiyasi ma'lum qilgan. 

«Soat 14:00 holatiga köra, saylovçilarning 52,49 foizi saylovda iştirok etdi», — deyilgan xabarda.

Saylovçilar Fuqarolar Vakillik palatasi (Belarus parlamenti quyi palatasi) deputatlariga ovoz berişdi.

Saylov uçastkalari 11 sentabr 20:00ga qadar oçiq böladi. Ovoz beriş jarayonida Belarusning 6,9 milliondan ortiq fuqarosi iştirok etişi mumkkin.

Parlamentning quyi palatasiga saylovlar majoritar tizim böyiça bölib ötadi. Bunda saylovçilar 110ta okrugda 110 nafar deputatni saylaşi lozim.