AQŞ prezidentligi uçun demokratlar partiyasidan nomzod bölmiş Hillari Klintonning şifokori unda pnevmoniya borligini qayd etdi.
Nomzodning matbuot xizmati rahbari Nik Merrill bundan oldinroq Klinton xonim 11 sentabr qurbonlari xotirasiga bağişlangan marosim vaqtida özini yomon his qilgani va marosim joyini tark etganini ma'lum qilgandi.
Şifokor Liza Berdakning ma'lum qilişiça, Hillari Klinton bir neça kundan buyon yötalayotgandi.
"Juma kungi tibbiy tekşiruvlardan keyin unga "öpka yalliğlanişi" taşxisi qöyildi", deyilgan xabarda.
Şuningdek, Klintonga antibiotiklar qabul qiliş va ta'tilga çiqiş tavsiya qilingan.
Yakşanba kungi marosim vaqtida Klinton xonim issiq harorat ostida köp vaqt qolgani (Tselsiy şkalasi böyiça 26 daraja issiq harorat ostida 1,5 soat vaqt - tahr.) tufayli özini yomon his qilgani aytilgandi.
Ikki soat ötgaç maxsus közoynak taqib qaytgan Klinton muxbirlarning kameralariga qarata degan: "Men özimni a'lo darajada his qilmoqdaman".
Bu hodisadan keyin şifokorlar uni yana qaytadan tibbiy körikdan ötkazişgan va uning ahvoli yaxşilanayotgani haqida xulosa qilişgan.
Bill Klinton prezidentligi davrida AQŞning birinçi xonim bölgan, hozirgi prezident Barak Obamaning birinçi muddatida AQŞ Davlat kotibi sifatida işlagan Hillari Klinton 8 noyabr kuni ötkaziladigan saylovda ğalaba qozoniş imkoniyatlari yuqori baholanayotgandi. Lekin keyingi vaqtlarda uning raqibi, respublikaçilar partiyasidan nomzod bölmiş Donald Tramp oradagi farqni qisqartirib bormoqda.












