AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton Rossiya tomoni AQŞdagi saylovoldi kampaniyasiga aralaşişga urinmoqda deb aytdi.

Moskvada bunday ayblovlar bir neça marotaba inkor qilib kelingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQŞning istalgan prezident ma'muriyati bilan işlaşga tayyorligini aytgan. 

"Putin 2012 yilda prezidentlik lavozimiga qaytganda, fikrimça, u boş maqsadi –Markaziy va Şarqiy Yevropadan tortib Markaziy Osiyogaça bölgan hududlardagi qöşnilari Yevropa Ittifoqi va AQŞ ta'siriga tuşişlarining oldini oliş fikri bilan qaytgan. U bunga halaqit qilmoqçi, demokratik saylovlarga aralaşmoqçi bölgan. U hozirgi saylovlarda ham şunday qilişga urinmoqda", deb aytdi Klinton CNN telekanaliga bergan intervyusida. 

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bildirilgan ayblovlarni "butkul asossiz gaplar" deb atagan. Peskovning aytişiça, bunday bayonotlar "heç nima bilan asoslanmagan, heç qanday dalillar" keltirilmagan holda berilgan.