Boltiqböyining Latviya respublikasiga AQŞning 200 nafarga yaqin harbiy xizmatçisi rotatsiya tartibida yetib keldi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi respublika mudofaa vazirligiga tayangan holda.
12 sentabr kuni Adaji harbiy bazasida bölib ötgan öquv amaliyotida AQŞ 173- harbiy desant brigadasi askarlari qatnaşgan. Desant taşlaş jarayoni C-17 va C-130 samolyotlari vositasida amalga oşirilgan.
Vazirlikda aytişlariça, ittifoqçilar bilan hamkorlik qiliş desant qöşinlarini zudlik bilan köçiriş imkoniyatlarini yaxşilaş barobarida zarur bölgan joylarda jangovar qobiliyatni kengaytiradi.
Ma'lumki, iyul oyida Latviyaga maşğulotlar ötkaziş maqsadida AQŞning 60 nafar askari va 5ta Black Hawk vertolyoti kelgan edi.












