Bill Klintonning hikoya qilişiça, turmuş örtoği, AQŞ prezidentligi uçun demokratlar nomzodi Hillari Klintonning soğligi kutilmaganda yomonlaşganiga qattiq çanqaş sababdir. Bu haqda, Bill Çarli Rouzga bergan intervyusida ma'lum qilgan, deb yozmoqda Politico naşri.

«Bunday holatlar Hillari bilan köp yillar mobaynida bir neça marotaba yuz bergan. Axir u AQŞ davlat kotibi, senator bölgan vaqtlarda, keyin ham juda qattiq mehnat qildi», — deya hikoya qilgan Bill Klinton.

Naşrning Klinton xonim atrofidagi manbaga asoslangan holda yozişiça, Hillarining öta çanqagani uning özini yomon his qilişi va yiqilişiga sabab bölgan. Şu bilan birga, öpka şamollaşi ham soğliğiga salbiy ta'sir körsatgan. Hillari hozir ham suv içiş borasida jamoasi bilan köp tortişadi. 

11 sentabr voqealariga bağişlangan xotira marosimida iştirok etgan Klinton özini yomon his qilib, marosimni vaqtli tark etgan edi.