Bugun Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasining 71-sessiyasi öz işini boşlaydi. Sessiyaning rasmiy oçiliş marosimi BMT qarorgoxida mahalliy vaqt bilan 15.00da, Toşkent vaqti bilan 24.00da boşlanadi. Uning işida BMTga a'zo barça-193 mamlakat vakillari iştirok etadi. BMT boş kotibi Pan Gi Mun va Boş Assambleya 71 sessiyasining raisi, Fiji davlatining BMTdagi doimiy vakili Piter Tomsonning sözga çiqişi kutilmoqda. 

Undan avval, bir daqiqa sukut saqlaş, duo va fikr-mulohazalar bildirilgan holda Boş Assambleyasi 70 sessiyasining yopiliş tadbirlari bölib ötadi. 70 sessiyaning raisi Mogens Lyukketoft bolğaçani uç marta uriş yöli bilan tadbirlarni yakunlaydi. 

Tahlilçilarning fikriça, sönggi bir yil davomida BMT iştirokida xalqaro hamjamiyat uçun muhim bölgan qaror va hujjatlar qabul qilingan. Masalan, ötgan yilning sentabr oyida qaşşoqlik, oçarçilik va kasalliklarga qarşi kuraş yölida 2030 yilgaça bölgan muddatga möljallangan global taraqqiyot kun tartibi tasdiqlandi. Bundan taşqari, global iqlim özgarişlarini bartaraf etiş maqsadida kelişuvga erişildi. 

Piter Tomson bergan bayonotga qaraganda, u Boş Assambleya raisi sifatida avvalgi sessiya tomonidan qölga kiritilgan yutuq va muvaffaqiyatlarni yanada rivojlantirişni va barça mamlakatlar manfaatlarini himoya qilişni  öz oldiga maqsad qilib qöygan. 

“Biz bir-birimizga boğlanganmiz. Bizni nafaqat BMT Nizomi boğlab turadi. Bizni 2030 yilgaça bölgan muddatga möljallangan taraqqiyot kun tartibi bir-birimizga boğlaydi”,- degan edi Piter Tomson şu yilning iyun oyida  Boş Assambleya 71-sessiyasi raisi etib saylanganidan söng. Piter Tomsonning aytişiça, navbatdagi sessiya davomida davlatlar kun tartibidagi global taraqqiyot rejasini hayotga tatbiq etişni tezlaştirişlari kerak böladi. 

Tomson “71- sessiya yakunida biz qilingan işlar yuzasidan hisobot berişimiz kerak. Biz taraqqiyot yölida öz oldimizga qöygan 17ta Maqsadni amalga oşirişda muvaffaqiyatlarga erişişimiz lozim”, deya, kun tartibidagi vazifalar farzandlarimiz va nevaralarimiz farovonligiga xizmat qilişini eslatib ötdi. Uning fikriça, bu maqsadlar hayotga tatbiq etilmasa kelajagimiz xavf ostida qolişi mumkin.

Tahlilçilarga köra, BMT Boş Assambleyasi 71-sessiyasi kun tartibiga 170ga yaqin masala kiritilgan. Ular orasida tinçlik va xavfsizlikni saqlaş, irqçilikka, diniy kamsitişlarga va terrorizmga qarşi kuraş, Afrika  mamlakatlarini rivojlantiriş, insonparvarlik yordamlarini muvofiqlaştiriş, atrof-muhit muhofazasi, inson xuquqlari bilan boğliq masalalar ham bor. Şuningdek, giyohvand moddalar ustidan nazorat, tinçlikni saqlovçi amaliyotlarni moliyalaştiriş, qurolsizlantiriş kabi masalalar ham kun tartibiga kiritilgan. BMT, jumladan Xavfsizlik Kengaşini isloh qiliş masalalarini muhokama qiliş ham davom ettiriladi.