«YuKOS» neft kompaniyasining sobiq rahbari, ayni vaqtda Germaniyada istiqomat qilayotgan Mixail Xodorkovskiy «Vmesto Putina» loyihasini taqdim etdi. Ushbu loyiha Rossiyada 2018 yilgi prezidentlik saylovlari uchun nomzodlar saralashni ko‘zda tutadi. Bu haqda uning o‘zi bugun jurnalistlarga ma'lum qilgan.
«Otkrytyye vybory» loyihasi rahbari Timur Valeyev ayni vaqtda siyosatshunoslar Stanislav Belkovskiy va Aleksandr Morozov, arxitektor Yevgeniy Ass, tadbirkor Yevgeniy Chichvarkin, siyosatchilar Dmitriy Gudkov, Vladimir Milova hamda Vladimir Kara-Murzadan iborat ekspertlar guruhi bir necha nomzodlarni taklif qilgan.
Valeyev nomzodlar qatorida «Korrupsiyaga qarshi kurash» fondi asoschisi, muxolifatchi Aleksey Navalniy, «Parnas» partiyasi raisi Mixail Kasyanov, «Yabloka» partiyasi raisi Grigoriy Yavlinskiy, Boris Yeltsinning qizi Tatyana Yumasheva, «Yabloka» partiyasining Pskovdagi bo‘limi rahbari Lev Shlosberg, sobiq moliya vaziri Yevgeniy Kudrin, Yekaterinburg meri Yevgeniy Royzman, siyosatchi Vladimir Rijkova va boshqalar bor.
Valeyev istalgan kishi loyiha saytida qaydnomadan o‘tib, o‘z nomzodini ko‘rsatishi mumkinligini aytgan. Oxirgi bosqichda nomzod uchun faqat ekspert-hakamlar ovoz berishadi.
Loyiha saytida "mamlakatni yangi qarashlardagi shaxs boshqarishi kerakligi" aytilgan.
"Rossiyaga podshoh, yo‘lboshchi yoki ota kerak emas. Rossiyaga uquvli boshqaruvchi kerak", deyilgan.
Ovoz berishlar natijasida Vladimir Putinga 2018 yilgi saylovda munosib raqib bo‘la oladigan nomzod tanlanadi. Uni 2018 yilgi saylovda Mixail Xodorkovskiy qo‘llab-quvvatlaydi.
Siyosatchi Aleksey Makarkin ko‘plab siyosatchilarga ular Xodorkovskiyning nomzodlari sifatida loyihaga kirishi yoqmayapti.
"Mixail Xodorkovskiy 2018 yilgi prezidentlik saylovlari qanday kechishini yaxshi biladi. U hech qanday o‘zgarish ro‘y bermasligini yaxshi biladi. U 1,5 yil oldin Rossiyada 10 yildan keyingina o‘zgarishlar boshlanishi haqida aytgandi. Endi esa pozitsiyasini o‘zgartirgan ko‘rinadi. Xodorkovskiy - qarzga bo‘lsayam o‘ynaydigan odam. Uning Davlat dumasiga ko‘rsatilgan nomzodlari ham yaqin vaqtlar ichida muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi", degan Makarkin.
"U hozirda nomi chiqmagan siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda. U muqobil odam topishni istaydi, lekin u vaziyat qiyinligini tushunadi. Asosiy muammo shundaki, u Rossiyada emas. Bizda esa muhojirlar muvaffaqiyatga erishishi deyarli ilojsiz.















