Tişlarni tozalaş foydali, albatta, lekin kariyesning oldini oliş uçun pasta ftorli bölişi lozim. 5 yoşdan 16 yoşgaça bölgan bolalar iştirokida ötkazilgan stomatologik tadqiqot natijalari bu mineralning kariyesni davolaşdagi samarasini tasdiqladi. Şunday ekan, tişlarni bir kunda ikki marotaba tarkibida ftor bölgan tiş pastasida yuvgan yaxşi. 

Şuni ta'kidlaş joizki, gingvitda ftorli pasta yordam bermaydi, ammo emalning buzilişidan himoya qiladi. 

Qaysi tiş çötkasi yaxşiroq

Elektron tiş çötkalari oddiylaridan bir neça barobar qimmat, biroq u gingvit bilan kuraşişda samara berişi ma'lum böldi, tadqiqot natijalari buni tasdiqladi. 

Tişlarni bir kunda neça marta tozalaş lozim

Sizlarga ma'qul keladigan yana bir omil. Tişlarni har taom iste'molidan keyin tozalaş haqiqatda foydali ekanligi tasdiqlanmadi. Hattoki buning zararli ekanligi haqidagi fikrlar ham böldi. Xullas, na unisi, na bunisi öz isbotini topmadi. 

Tişlarni professional tozalattiriş kerakmi

Ba'zi stomatologlar bir yilda ikki marta tişlarni silliqlaş va ularga sayqal beriş yoki professional tozalattirişni tavsiya qilişadi. Biroq bu jarayon hammaga ham mumkin emas: bu kimlardadir allergiyani qözğatişi yoki milklarni qonatişi ehtimoli mavjud.

Qimmat plombami yoki arzoni

Stomatologlar köpinça qimmat plomba qöyişni taklif qilişadi. Ötkazilgan tadqiqot esa ular örtasida heç qanday farq yöqligini körsatdi. 

Şuni tan oliş kerakki, tişlar soğligini nazorat qilişning har doim ham uddasidan çiqa olmaymiz. Organizmning umumiy holatiga ta'sir qiluvçi genetik moyillik va sölak tarkibi ham bunda katta ahamiyatga ega. 

Bu oğiz böşliğini parvarişlaşni töxtatiş kerak, degani emas, diqqatni haqiqatda samarali natija beruvçi omillarga qaratiş lozimligiga işoradir.