Twitter mikrobloglar xizmati keyingi duşanbadan boşlab xabarlarda belgilarning hisoblanişi siyosatini özgartirmoqçi. Bu haqda The Verge kompaniyadagi öz manbasiga tayanib xabar qilgan.
Mikroblogning yangi qoidalariga köra, fotosuratlar va iqtibos sifatida keltirilgan tvitlar 140ta belgiga qöşib hisoblanmaydi. Bu tartib 19 sentabrdan joriy etilişi kutilmoqda.
"19 sentabrdan boşlanadi... xabarlarga tasvirlar, gif-animatsiyalar, video va sörovnomalar qöşilganida, matndagi belgilar soni çeklanmaydi", deyilgan manba xabarida.
Naşr xabarida kompaniya yangi qoidalarni bir vaqtning özida yoki asta-sekinlik bilan joriy qilişi xususida aniq aytilmagan.












