Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Pentagon rahbari Eşton Karterning Rossiyaga nisbatan ilgari surgan ayblovlariga javob berdi. Karter jahon hamjamiyatida mavjud tartibni Rossiya buzayotganini aytgan edi. Şoyguga köra, aslida, AQŞ ğarbdagi hamkorlari bilan birga dunyo tartibini vayron qiliş uçun asta-sekinlik bilan harakat olib borgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Aynan AQŞ va uning ğarbdagi ittifoqçilari Bosniya va Kosovodan boşlab, Iroq va Liviyagaça bosqiçma-bosqiç dunyoning mavjud tartibi asoslarini buzib keldi. Rossiya esa, Yugoslaviyani parçalaşga qaratilgan Amerika-NATO amaliyotidan beri ularning bunday hatti-harakatlarining oqibati nimaga olib kelişidan har doim ogohlantirib kelgan», — deya Karterning sözlaridan taajjub bildirgan Sergey Şoygu. 

Şoyguning qöşimça qilişiça, «Iroq, Afğoniston, Liviya, boşqa mamlakatlarda boşi devorga urilganiga qaramay, amerikalik hamkasblar özlariga yetarli xulosa çiqarişmayapti». 

Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlar «özining xatolari uçun mas'uliyatni mustaqil dunyoqaraşga ega Rossiya, Xitoy va boşqa ayrim davlatlarga yuklaş örniga» strategiyasini özgartirişi lozim.

Bundan taşqari, Rossiya mudofaa vazirining ta'kidlaşiça, «dunyo tartibini Amerika tartibi» bilan adaştirmaslik kerak, çunki «dunyo tinçligi va tartibini saqlaş faqat Pentagonning emas, butun jahon hamjamiyatining vazifasidir».