Jamiyat | 09:50 / 13.09.2016
21989
1 daqiqa o‘qiladi

Usmonovning superyaxtasi dunyoning eng yaxshi kemalaridan biri

Arxiv surat

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning Dilbar nomli superyaxtasi «250 fut hajmdagi yaxtalar» tasnifida World Yachts Trophies sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda, kemani ishlab chiqqan Lürssen kompaniyasi Facebook sahifasida e'lon qilgan.

15917 tonna suv sig‘imiga ega Dilbar yaxtasi ayni vaqtda dunyodagi eng keng xususiy kema hisoblanadi. Shu yilning boshlarida buyurtmachiga topshirilgan Dilbar dizel-elektr agregati bilan jihozlangan bo‘lib, kema soatiga 42 km tezlikkacha harakatlana oladi. Uning ichki xonalari maydoni — 3800 kv. metrni tashkil etadi. Ta'kidlanishicha, yaxtaga sarf etilgan elektr simlar uzunligining o‘zi 1100 kilometrdan oshadi. 

Forbes jurnali tasnifi bo‘yicha Rossiyaning eng badavlat uch tadbirkoridan biri hisoblangan Alisher Usmonov Dilbar yaxtasidan tashqari 110-metrlik Ona deb nomlanuvchi superyaxtaga ham egalik qiladi.
 

Mavzuga oid