2001 yilning 11 sentabrida yuz bergan dahşatli terror hujumlarining qurbonlari xotirasini yodga oliş marosimida navbatdagi prezidentlik saylovlari asosiy nomzodlaridan biri Hillari Klinton huşini yöqotgani bois yiqilib tuşdi. Qayd etiş kerakki, aslida 68-yoşli Klinton xonimning soğliği bilan boğliq miş-mişlar ança oldin paydo bölgandi.
Uning tarafdorlari esa, bunga unçalik ham ahamiyat qaratişmadi. Biroq, yakşanba kungi hodisa köpçilikni sergak torttirdi. Endilikda demokratik partiya vakillari “Nima uçun Klintonga saylovlarda qatnaşiş uçun ruxsat berildi?”, “Nima uçun uning kasalligi oçiq aytilmadi?” kabi örinsiz savollarga javob topişga majbur böladiganga öxşaydi.
Ayni damda AQŞda prezidentlika nomzodlarning salomatligi bilan boğliq masala birinçi öringa çiqdi. Şuni ta'kidlaş kerakki, AQŞ tarixida prezident va prezidentlikka nomzodlarning soğliği bilan boğliq masala bir neça bor dolzarb siyosiy muammolardan biriga aylangan edi. Eng demokratik mamlakat sifatida talqin qilinadigan AQŞda ham ayrim xollarda siyosiy arboblarning soğliği jamoatçilikdan sir tutilgan.
1919 yilning oktabr oyida AQŞ Millatlar Ligasiga a'zo bölib kirişi bilan boğliq kampaniya avj olgan bir vaqtda prezident Vudro Vilson oğir insultni boşidan keçiradi va amalda işlaş qobiliyatini yöqotadi. Biroq, hukumat a'zolaridan heç kimga prezident vazifasini bajariş yuklatilmadi. Buning samarasi natijasida Vilson vakolati tugangunga qadar, ya'ni 1921 yilgaça prezident vazifasini bajarib turdi. Keyinçalik, töğriroği, 1967 yilda AQŞ Kongressi Konstitutsiyaga 25-tuzatişni kiritdi. Bu tuzatişga köra, davlat rahbari öz vazifasini bajara olmagan taqdirda, uning vakolatlarini vitse-prezident bajarib turadigan böldi.
1921 yilda 39 yoşli Franklin Delano Ruzvelt şol (poliomiyelit) kasalligiga çalinadi va nogironlar kreslosiga ötirib qoladi. Ammo şunga qaramay siyosatçi kasalligini ommadan sir tutişga urinadi va yordamçisi yoki farzandlaridan birining kömagida jamoatçilikka oyoqda turgan xolda körinişga urinadi. 1944 yilda Ruzveltga ateroskleroz, qon bosimi kötarilişi, stenokardiya va yurak xastaligi taşxisi qöyiladi. Öşa yili bölib ötgan saylov kampaniyasi davrida prezidentning salomatligi bilan boğliq miş-mişlar inkor qilindi, Ruzveltning özi esa matbuotga bosim ötkazişga urindi. 1945 yilning 12 aprelida prezident boş oğriğidan şikoyat qilib, huşini yöqotdi. U öşa kuni boş miyaga qon quyilişi tufayli vafot etdi.
AQŞning 34-prezidenti Duayt Devid Eyzenhauer ham özining hukmdorligi yillarida bir neça bor soğliq masalasida muammolar bilan töqnaş keldi. 1955 yilning özida u olti hafta mobaynida yurak xuruji tufayli şifoxonada davolandi. Bir yildan keyin esa, oşqozon içak şamollaşi tufayli jarrohlik amaliyotini boşidan ötkazdi. 1957 yil sönggida Eyzenxauer insultni boşidan keçirgani bois ma'lum vaqt tildan qoldi. Şunga qaramay 1961 yilga qadar prezident vazifasida qolaverdi.












