«Milan» va «Yuventus» jamoalarining sobiq futbolçisi Filippo Indzagi bugun boşlanadigan Yevropa çempionlar ligasi arafasidagi fikrlarini bildirib ötdi.
«Finalda kimlar öynaydimi? «Yuventus» va «Bavariya». Nemislarda juda kuçli tarkib hosil bölgan, Karlo Ançelotti esa – yuqori saviyali murabbiy, menga bu jamoa juda yoqadi. «Yuventus» ham hozirda eng kuçli davrda.
«Bavariya» mukammal jamoaga öxşaydi. Levandovski – dunyoning eng zör hujumçilaridan biri, Myuller esa hamişa kerakli joyda paydo böladigan aqlli futbolçi, Duglas Kosta har qanday raqibni aldab öta oladi.
«Yuve» tarkibi borasida gapiradigan bölsak, ular hozir 3 nafar zör hujumçini tarkibda jamlagan, menimça, Mandukiç, Higuain va Dibala uçligi haqida işonç bilan gapiriş mumkin.
Klub töğri yöl tanladi, Pogbani sotiş va tarkibni Higuain, Pyaniç va Benatiya bilan kuçaytiriş. «Yuventus» da faqat bir muammo bor – bu muammoni ham yengiş lozim. Jamoa bosim ostida qolişi mumkin.
«Barselona»da aqldan ozdiruvçi trio bor, bu yil bu uçlikka Pako Alkaser kelib qöşildi. Agar ularga töp berib qöyilsa, oliş deyarli imkonsiz işga aylanadi. Neymar, Messi va Suaresni töxtatiş qiyin.
«Mançester Siti»mi? Menda bu jamoa haqida ötgan haftadagi derbidan keyin zör taassurotlar paydo böldi. Birinçi bölimda ular ajoyib öynaşdi, şunçaki ideal darajada. Gvardiolani tabriklayman, uning ğoyalari özini körsata boşladi», – degan Indzagi.
Manba: Tribuna.uz












