Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari 89 yoshli muzqaymoqchi uchun 300 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi

Facebook tarmog‘ida oilasining nochor moliyaviy ahvoli tufayli ishlashga majbur bo‘lgan 89 yoshli muzqaymoqchining suratlari tarqalganidan keyin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari u uchun kraudfanding sayti orqali 300 ming dollardan ortiq pul yig‘ishdi. BuzzFeed bu haqida ma'lum qildi.
Sentyabrning boshida Chikagoda istiqomat qiluvchi Joel Servantes Masias o‘zining feysbukdagi sahifasida shahar ko‘chalarida aravada muzqaymoq sotib yurgan qariyaning surati bilan bo‘lishdi. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilar muzqaymoqchiga hech qanday e'tibor qaratishmagan va bu "uning ko‘nglini vayron qilgan".
"Bu yoshda nafaqaga chiqib, dam olish o‘rniga ter to‘kib ishlayotgan kishiga qaray olmadim. Men undan 20 pachka muzqaymoq xarid qildim, 50 dollar berdim va duo qilib, ketdim".
Joel Servantes Masias
Ushbu surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining diqqatini tortdi. Post chiqqanidan bir kun o‘tib, Masias GoFundMe deb nomlangan kraudfanding kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi. U muzqaymoqchining dam olish kunlari mazmunli o‘tishini ta'minlash maqsadida 3 ming dollar yig‘ishni mo‘ljallagan edi.
G‘oya Masias o‘ylagandan-da muvaffaqiyatli chiqdi va to‘rt kun ichida tarmoq foydalanuvchilari muzqaymoqchi uchun 300 ming dollar yig‘ishdi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya va Ukraina haqida: «Ba’zida bolalarga biroz mushtlashishga qo‘yib bergan ma’qul»
Jahon | 15:01
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
-
Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
Mavzuga oid

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi

10:49 / 14.04.2025