Özbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov tarkibida harakat qiladigan Rossiyaning «Krasnodar» jamoasi rahbariyati boş murabbiy Oleg Kononov iste'foga çiqarilgani, boş murabbiy vazifasini bajariş Igor Şalimov zimmasiga yuklatilgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.
«13 sentabr kuni Oleg Kononov «Krasnodar» boş murabbiyligidan iste'fo berdi va uning iste'fosi klub rahbariyati tomonidan qoniqtirildi. Boş murabbiy vazifasini bajaruvçi etib Kononov ştabida işlagan Igor Şalimov tayinlandi», — deyilgan klub rasmiy saytida.
«Krasnodar» FK Oleg Georgiyeviçga ötgan vaqt davomidagi hamkorlik uçun minnatdorçilik bildiradi», — deya qayd etilgan xabarda.
Kononov jamoaga 2013 yili boş murabbiy etib tayinlangandi. Uning boşqaruvi davrida «Krasnodar» 3 marta Yevropa Ligasining guruh bosqiçiga çiqdi.
Ayni vaqtda krasnodarliklar klubi Rossiya çempionatining 6 turidan keyin 8 oçko töplagan holda yettinçi örinni egallagan. Jamoa oxirgi turda «Ufa» bilan 0:0 hisobidagi durangni qayd etgandi.
Manba: Tribuna.uz












